Maʼmuriy jarimalar 15 kun ichida toʻlansa, 50 foiz chegirma qoʻllaniladi
Архив фото
Maʼmuriy jarimalarni toʻlashda aholiga qoʻshimcha qulayliklar yaratilishi munosabati bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga oʻzgartish kiritish boʻyicha Qonun (OʻRQ–830-son, 18.04.2023-y.) Prezident tomonidan imzolandi.
Kodeksning 332-1-moddasiga kiritilgan oʻzgartishga koʻra:
— Huquqbuzar unga jarima solish toʻgʻrisidagi qaror topshirilgan kundan boshlab 15 kun ichida jarima miqdorining 50 foizini yoki 30 kun ichida jarima miqdorining 70 foizini ixtiyoriy ravishda toʻlagan taqdirda, u jarimaning qolgan qismini toʻlashdan ozod qilinadi.
— Jarima solish toʻgʻrisidagi qarorni ijro etishning soddalashtirilgan tartibi quyidagi hollarda qoʻllanilmaydi:
Kodeksning 131, 132, 136 va 140-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilganda;
— jarima solish toʻgʻrisidagi qaror ustidan shikoyat qilinganda yoki protest bildirilganda;
— xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin 1 yil davomida takror sodir etilganda.
Qonun 2023-yil 1-maydan eʼtiboran kuchga kiradi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring