Maʼmuriy sudlarga hokim qaroridan norozi boʻlib murojaat qilinganda, ishlarni eksterritorial tartibda, yaʼni boshqa hududda ham koʻrish amaliyoti joriy qilinadi
Foto: president.uz
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va Oʻzbekiston xalqiga Murojaatnomasi boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Prezident oxirgi paytlarda ayrim ushlab turish joylarida inson huquqlari buzilishi boʻyicha ogʻriqli masalalar koʻtarilayotganini qayd etdi.
“Bizning yurtimizda bunday holatlar umuman boʻlishi mumkin emas. Kim bunga amal qilmasa, qonun ustuvor, jazo muqarrar boʻladi”, - dedi davlat rahbari.
Shu bois, bunday joylarga olib kelingan barcha shaxslarni hisobga olishning onlayn tizimi joriy etiladi va yuzni tanish uskunasi oʻrnatiladi.
Maʼmuriy sudlarga hokim qaroridan norozi boʻlib murojaat qilinganda, ishlarni eksterritorial tartibda, yaʼni boshqa hududda ham koʻrish amaliyoti joriy qilinadi.
Oʻzbekistonda mulk va investitsiyaning himoyasini kuchaytirish maqsadida Xalqaro tijorat sudini tashkil qilish boʻyicha ham amaliy ishlar boshlangani taʼkidlandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring