Maʼmuriy islohotlarning ikkinchi bosqichi sifatida kelgusi yilda hududlardagi boshqaruv tizimi ham isloh qilinadi
Foto: president.uz
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va Oʻzbekiston xalqiga Murojaatnomasi boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Davlatimiz rahbari maʼmuriy islohotlarning yana bir qator jihatlarini ochiqladi: Xususan:
— vazir oʻz tizimiga ajratilgan mablagʻlarni samarali va maqsadli ishlatish boʻyicha birinchi boʻlib oʻzi javob beradi;
— vazirlarning siyosiy masʼuliyati oshirilib, Hukumat qarorlari loyihalari, mamlakatimiz hayotiga oid muhim ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bevosita vazirlar ishtirokida kollegial hal etiladi;
— vazir har yil boshida jamoatchilik oldida sohadagi rejasi va yil yakuni bilan esa uning natijasi boʻyicha hisobot beradi;
— qaysi vazir oʻz ishini eplay olmasa, isteʼfoga chiqadi;
— maʼmuriy islohotlarning ikkinchi bosqichi sifatida kelgusi yilda hududlardagi boshqaruv tizimi ham isloh qilinadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring