Mamlakatlarimiz birgalikda zamonaviy tahdidlarga samarali qarshi turmoqda, barqaror oʻsishni namoyish etmoqda — Shavkat Mirziyoyev
Oʻzbekiston Prezidenti global miqyosdagi ishonch inqirozining jahon bozorlariga salbiy taʼsir koʻrsatayotgan, muqobil savdo-logistika yoʻnalishlarini izlashga majbur qilayotgan oqibatlarini bugun mamlakatlarimiz ham sezayotganini taʼkidladi.
Shu munosabat bilan ishtirokchilarning eʼtibori Markaziy Osiyodagi jarayonlarga qaratildi.
“Endilikda bu umuman boshqacha, kuchli va jips mintaqa. Mamlakatlarimiz birgalikda zamonaviy tahdidlarga samarali qarshi turmoqda, barqaror oʻsishni namoyish etmoqda”, — dedi Prezidentimiz.
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ekspertlarining hisob-kitoblariga koʻra, yaqin yillarda davlatlarimiz yalpi mahsulotining jami oʻsishi besh foizdan ortiq darajada barqaror saqlanib qoladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring