Mamlakatimizda jami 47,1 million dozadan ortiq vaksinadan foydalanildi
2022-yil 14-mart mamlakatimiz hududlari boʻylab 116 717 doza COVID-19ga qarshi vaksina qoʻllanildi. Ulardan:
— 1-bosqich emlanganlar 7 142 nafarni,
— 2-bosqich emlanganlar 23 742 nafarni,
— 3-bosqich va buster doza bilan emlanganlar 85 833 nafarni tashkil qildi.
Ayni kungacha mamlakatimizda jami 47 109 821 doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan:
— 1-bosqich emlanganlar 19 773 579 nafarni,
— 2-bosqichda emlanganlar 15 716 393 nafarni,
— 3-bosqich va buster doza bilan emlanganlar 11 619 849 nafarni tashkil qildi.
Kecha emlash koʻrsatkichlari boʻyicha yuqori oʻrinlarni:
— Toshkent shahri (13 493 doza),
— Andijon viloyati (13 400 doza),
— Toshkent viloyati (12 810 doza) band qildi.
Birinchi doza bilan emlanish koʻrsatkichi emlanishi rejalashtirilgan qatlamga nisbatan 92,2 foizga, toʻliq vaksina kursini olganlar esa 73,7 foizga yetgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring