Mamlakatimizda jami 37,9 million dozadan ortiq vaksinadan foydalanildi
2021-yil 22-dekabrda mamlakatimiz hududlari boʻylab 191 429 doza COVID-19ga qarshi vaksina qoʻllanildi. Ulardan:
— 1-bosqich emlanganlar 36 643 nafarni,
— 2-bosqich emlanganlar 105 097 nafarni,
— 3-bosqich emlanganlar 49 689 nafarni tashkil qildi.
Ayni kungacha mamlakatimizda jami 37 937 396 doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan:
— 1-bosqich emlanganlar 18 631 018 nafarni,
— 2-bosqichda emlanganlar 12 821 563 nafarni,
— 3-bosqich emlanganlar 6 484 815 nafarni tashkil qildi.
Kecha emlash koʻrsatkichlari boʻyicha yuqori oʻrinlarni:
— Samarqand viloyati (36 740 doza),
— Toshkent shahri (23 879 doza),
—Fargʻona viloyati (22 253 doza) band qildi.
Birinchi doza bilan emlanish koʻrsatkichi emlanishi rejalashtirilgan qatlamga nisbatan 86,8 foizni tashkil qilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring