Mamlakatimiz sportchilari Jahon chempionatida 2 ta oltin medalni qoʻlga kiritishdi
Janubiy Koreyaning Vonju shahrida bodibilding va fitnes boʻyicha oʻtkazilgan 14-jahon chempionatida mamlakatimiz sportchilari 2 ta oltin medalga musharraf boʻldi.
Terma jamoamiz aʼzolaridan Baxshulla Sayfullayev bodibilding yoʻnalishida, Shohruxmirzo Ergashev fizik yoʻnalishda ishtirok etib 45 ta davlatning sportchilaridan ustun kelishdi.
Shuningdek, hamyurtlarimizdan Ibrohim Latipov va Vitaliy Skripachev 4-oʻrinlarga sazovor boʻlishdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring