Maktabni sarson qilgan... tadbirkor

21:04 14 Yanvar 2019 Jamiyat
1518 0

Illyustrativ foto

Yangiqoʻrgʻon tumanidagi 10-maktab direktori Ahmadjon Neʼmatullayev 11 yanvar kuni tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga ariza bilan murojaat etdi.

Uning arizasida yozilishcha, oʻtgan yilning 23 sentyabr kuni xususiy tadbirkor I. Choriyev bilan maktabda “turniket” oʻrnatish boʻyicha shartnoma tuzgan. Keyinchalik shartnomada koʻrsatilgan summaning 95 foizini, yaʼni 29 million 200 soʻmni naqd pul shaklida oldindan tadbirkorga bergan. Ammo hozirgi kungacha I. Choriyev hech qanday xizmat koʻrsatmagan va bu bilan maktab jamoasi hamda oʻquvchilarning huquqlarini buzgan.

Ushbu murojaat tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan belgilangan tartibda oʻrganib chiqilib, isteʼmolchilar foydasiga 29 million 200 soʻm pul mablagʻi qaytarilib berildi.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер