Har bir maktabda vatanparvarlik sinflari tashkil etiladi
Arxiv surat
Maktablarda “Yosh gvardiyachilar” vatanparvarlik sinflari tashkil etiladi. Shu kunga qadar Milliy gvardiya tasarrufida har bir viloyatda 4 tadan maktablarda jami 56 ta maktablarda 265 ta “Yosh gvardiyachilar” vatanparvarlik sinflari mavjud edi.
Endilikda har bir maktabda bittadan “Yosh gvardiyachilar” vatanparvarlik sinflari tashkil etiladi. Bu ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda — 2024-2025-oʻquv yilida 2 530 ta, ikkinchi bosqichda — 2025-2026-oʻquv yilida 2 536 ta maktabda harbiy-vatanparvarlik sinflari oʻz faoliyatini boshlaydi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring