Maktablarda toʻgaraklar faoliyati toʻliq tiklanadi

12:00 25 Dekabr 2020 Jamiyat
7774 0

Xalq taʼlimi vazirining “Umumtaʼlim muassasalarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni va oʻquvchilarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga asosan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida madaniy-maʼrifiy yoʻnalishdagi tadbirlar hamda turli toʻgarak, seksiya va klub faoliyatini yoʻlga qoʻyiladi.

Oʻquvchilarning taʼlim olishiga qoʻshimcha sharoit yaratish, ularning darsdan boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida fan toʻgaraklari, shuningdek 5 ta muhim tashabbus toʻgaraklari ham toʻliq faoliyat koʻrsatadi.

Bundan tashqari, oʻquvchilarni oʻqishga boʻlgan motivatsiyasini oshirish maqsadida “Yil oʻquvchisi”, “Sinf lideri”, “Tadbirkor oʻquvchi” aksiya va musobaqalari tashkil etiladi.

Shuningdek mazkur buyruqqa asosan 21-dekabrdan eʼtiboran Respublika ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktablari, Xalq taʼlimi vazirligi tasarrufidagi barcha turdagi maktab-internatlarining faoliyatiga Xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlari qarori bilan hamma oʻquvchilari uchun anʼanaviy tarzda taʼlim olishi hamda barcha turdagi maktab-internatlar yotoqxonasi faoliyati sanitariya epidemiologik talablar asosida tashkil etiladi. Shu oʻrinda ota-onalar ixtiyorida ushbu maktablarda farzandlarini anʼanaviy yoki masofaviy taʼlim shaklini tanlash imkoniyati qoldiriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер