Maktablarda qogʻoz kundaliklar bekor qilinadi

21:38 18 Mart 2020 Jamiyat
953 0

Foto: www.google.com

“Toshkent shahrida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Prezident qarori (PQ–4642-son, 17.03.2020-y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, “Raqamli Toshkent” kompleks dasturi amalga oshiriladi.

Shahar xizmatlarini boshqarish, ijtimoiy soha obyektlari, ishlab chiqarish, yoʻl transport va kommunal infratuzilmaning integratsiyalashgan axborot muhitini yaratish va keyinchalik muvaffaqiyatli tajribani respublikaning boshqa hududlarida tatbiq etish Dasturning asosiy vazifasi etib belgilandi.

Dasturga asosan, 2020-yilda:

– 1-maygacha avia, temir yoʻl va boshqa transport xizmatlariga elektron chiptalarni onlayn sotib olish yagona axborot tizimi joriy etiladi;

– 1-sentyabrgacha barcha maktablarda jurnal va oʻquvchilarning kundaliklarini qogʻoz shaklida yuritish bekor qilinadi hamda ularni elektron tarzda yuritishga moʻljallangan yagona axborot tizimi ishga tushiriladi;

– 1-noyabrgacha kommunal xizmatlar boʻyicha toʻlovlarni onlayn toʻlash hamda kommunal xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar bilan elektron hamkorlikni taʼminlovchi “Mening uyim” yagona axborot tizimi joriy etiladi;

– 1-dekabrgacha “Yagona elektron tibbiy karta” axborot tizimi joriy etiladi va “Elektron poliklinika” axborot tizimiga 62 ta oilaviy poliklinika ulanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер