Maktablarda qishki taʼtil qachondan boshlanishi maʼlum qilindi
Maktablarda III chorak darslari 13-yanvardan boshlanadi. Bu haqda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi axborot xizmati maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, ota-onalar, oʻquvchilar va pedagoglarga qulaylik yaratish hamda oʻquv jarayonlarining uzluksizligini taʼminlash maqsadida qishki taʼtil kunlari 2024-yil 29-dekabrdan boshlanib, 2025-yil 11-yanvarga qadar davom etadi.
Bunda maktablarda 2025-yil 11-yanvar (shanba) kuniga belgilangan darslar 2024-yil 28-dekabr (shanba) kuniga oʻtkaziladi hamda oʻquv yilining 3-choragi 2025-yil 13-yanvar (dushanba)dan boshlanadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring