Maktablarda bahorgi taʼtil 21-martdan boshlanadi — XTV
Respublikamiz umumtaʼlim maktab oʻquvchilari uchun III chorakning soʻnggi kuni 19-martga toʻgʻri keldi. Yaʼni shu kuni dars mashgʻulotlari toʻliq olib boriladi. Bahorgi taʼtil 21-martdan boshlanadi va 7 kalendar kun davom etadi.
IV chorak darslari esa 28-mart kunidan boshlanadi.
Maʼlumot uchun: Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq, maktablarda bahorgi taʼtil — 21-martdan boshlab, 7 kalendar kun davom etishi belgilangan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring