Maktablarda 100 mingta toʻgarak tashkil etiladi
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan oʻquvchilarda kasb-hunar koʻnikmalarini shakllantirish maqsadida umumtaʼlim muassasalarida 100 mingta toʻgarak tashkil etish boʻyicha zarur ishlar boshlangan.
Maktab oʻquvchilarini kasbga yoʻnaltirish, taʼlim muassasalarida bepul toʻgaraklar faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha zarur topshiriqlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022—2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi Farmonida belgilangan.
Ushbu maqsadlar uchun davlat byudjetidan 79,5 mlrd. soʻm ajratilgan boʻlib, toʻgaraklar yoʻnalishini aniqlash boʻyicha oʻquvchilar va ota-onalar oʻrtasida soʻrovnomalar oʻtkazilmoqda.
Bunda oʻquvchilarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, IT injiniring, tarjimonlik kabi yoʻnalishlar boʻyicha toʻgaraklar tashkil etishga ustuvorlik berilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring