Maktablar reytingi qanday mezonlar asosida tuziladi?
Ushbu savolga AOKAda tashkil etilgan maktablar va akademik litseylar reytingini aniqlashdagi yangiliklarga bagʻishlangan matbuot anjumanida Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi vakillari tomonidan atroflicha javob berildi.
Qayd etilishicha, Taʼlim inspeksiyasi tomonidan soʻnggi 2 yilda maktablar reytingi eʼlon qilinib kelinayotgan edi.
Birinchi marta Xalq taʼlimi vazirligi va hududiy xalq taʼlim boshqaruv organlari tomonidan tavsiya qilingan maktablar reytingga jalb qilingan boʻlsa, oʻtgan yili tasodifiylik tamoyili asosida 10 foiz maktablar tanlab olingan edi.
Endi barcha maktablar reytingga jalb qilinadi. Baholash mezonlariga ham bir qator oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Birinchi koʻrsatkich – maktab bitiruvchilarining umumtaʼlim fanlari boʻyicha tayyorgarligi va taʼlim sifati darajasi;
Ikkinchi koʻrsatkich oʻquvchilarning chet tillarini bilish darajasi;
Uchinchisi 11-sinf bitiruvchilarining bandlik koʻrsatkichi;
Toʻrtinchi koʻrsatkich taʼlim muassasalari oʻquvchilari oʻrtasida sodir etilgan jinoyatlar ulushi;
Beshinchi koʻrsatkich esa maktab pedagoglarining sifati (oʻqituvchilardan necha foizi oliy va birinchi toifali oʻqituvchilar tashkil etishi)
Oltinchi koʻrsatkich – oʻqituvchilarning chet tillarini bilish darajasi;
Yettinchi koʻrsatkich — taʼlim muassasalari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va oʻquv-tarbiyaviy muhitni qoʻllab-quvvatlash uchun tuman (shahar) mahalliy byudjetining orttirilgan mablagʻlari hisobidan qilingan qoʻshimcha xarajatlari hajmiga qarab baholanadi.
Sakkizinchi — taʼlim muassasasida maʼnaviy-maʼrifiy va oʻquv tarbiyaviy muhit inobatga olinadi. Yaʼni Prezident ilgari surgan besh tashabbus doirasida qilingan ishlar asosida baho beriladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring