Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Sergeli tumanidagi yoshlar bilan muloqot qildi

00:10 14 May 2023 Siyosat
1138 0

Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova Sergeli tumanida yashovchi yoshlardan ikki nafari bilan uchrashdi.

Uchrashuv chogʻida yoshlarning qiziqishlari va muammolarini tinglab, ularni yechimi yuzasidan mutasaddilar bilan gaplashdi.

Jumladan, yoshlardan biri qandolatchilik mahsulotlarini pishirish orqali daromad olishi va unga ushbu yoʻnalishda tadbirkorligini rivojlantirishga koʻmaklashish uchun uskunalar xarid qilish, yana biri avtomobil ustaxonasini tashkil qilish uchun subsidiya olishga koʻmaklashish yuzasidan murojaat qildi.

Hilola Umarova yoshlarga muammolarini hal etish choralarini koʻrish yuzasidan vazirlik ishchi guruhga tegishli topshiriqlar berdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер