Maktabgacha taʼlim sohasida 241 ta davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimlarga kredit mablagʻlari ajratiladi
“Maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga koʻra, imzolanib, moliyalashtirilmasdan qolgan 241 ta davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimlarga kredit mablagʻlari bosqichma-bosqich ajratiladi.
Kreditlar 7 yil muddatga 2 yillik imtiyozli davr bilan beriladi.
Loyihalarning amaldagi holati, shu jumladan bajarilgan qurilish ishlari hajmi oʻrganib chiqiladi va ularning reytingi shakllantiriladi.
Reyting asosida moliyalashtirish manbalarini koʻrsatgan holda loyihalar roʻyxati tuziladi hamda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Shuningdek, qaror bilan Prezidentning ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Unga koʻra, 2021-yil 1-maydan davlat sherigi boquvchisini yoʻqotgan ayollar farzandlarining ota-onalar badali toʻlovlarini tegishli hududdagi 9 soatlik davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun belgilangan miqdorlarda qoplab beradi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring