Maktab tomorqasida 60 kg qovoq yetishtirildi

16:53 09 Avgust 2024 Jamiyat
529 0

Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Baliqchi tumanidagi 1-umumtaʼlim maktabi tomorqasida ulkan qovoqlar yetishtirildi. Ular 35 kgdan 60 kggacha tosh bosmoqda. Qiziq, pedagoglar bunga qanday erishdi?

— Hammasi oddiy: nazariy bilimni amaliyotda qoʻllab koʻrdik, — deydi maktab direktori Oʻtkirbek Mamajonov. — Maktab hududidagi 1 sotix maydondagi tomorqa shoʻr tuproqdan iborat boʻlgani bois ekin yetishtirishda muammolar yuzaga kelmoqda edi. Fanda beda tuproqdagi shoʻrni soʻrib olishi haqida maʼlum qilingan. Buni amalda sinab koʻrish uchun bahorda beda urugʻi sepdik. Beda oralab qovoq urugʻini qadadik. Koʻrib turganingizdek, natija biz kutgandan ham ziyoda boʻldi.

Ustozlarning 120 kunlik tajriba sinovlari oʻz samarasini berdi. Bu yaxshi, albatta! Biroq, endi uni kim sotib oladi?

— Bu muammo emas, — deydi maktab jamoasi. — Har qanday savolning javobi bilimda. Buni isbotlash uchun hosilni mahalla ahliga bepul tarqatamiz.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер