Maktab oʻqituvchilariga 7,8 mlrd. soʻmlik taʼtil pullari undirib berildi
Mehnat kodeksini amalga kiritishga doir normativ hujjatni qabul qilish kechikishi ortidan qator tumanlarda pedagoglarning taʼtil pullari kamayib ketgandi. Muammo bartaraf etilgach, kasaba uyushmalari tomonidan 8 ming 243 nafar pedagog xodimning taʼtil pullari qayta hisob-kitob qilinib, xodimlar foydasiga 7 mlrd. 825 mln. 86 ming soʻm mablagʻ undirib berilgan.
Taʼlim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi xabariga koʻra, 9403 ta taʼlim muassasasida pedagoglarning taʼtillariga oid buyruqlar oʻrganilgan, shundan 656 ta buyruqni rasmiylashtirishda xatoliklar aniqlangan va ushbu xatoliklar joyida bartaraf etilib, pedagoglarga taʼtil bilan bogʻliq tegishli mablagʻlar undirib berilgan. Shuningdek, 20 ming 550 nafar pedagog xodimning “taʼtil olish huquqim buzildi” mazmunidagi murojaatlari oʻrganilib, ular boʻyicha tushuntirishlar va bepul huquqiy maslahatlar berish bilan birga qonuniy huquqlari tiklangan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring