“Maktab-hayotim” filmining yopiq namoyishi boʻlib oʻtdi
Oʻzbekiston kinematografiya agentligida 1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan jurnalistlar, mutaxassislar, kinoijodkorlar uchun Agentlik buyurtmasiga binoan “Koʼzgu film” studiyasi tomonidan suratga olingan «Maktab–hayotim» badiiy filmining maxsus namoyishi boʻlib oʻtdi. Namoyishda film ijodkorlari ham ishtirok etdi.
Mazkur kinokartinada ijtimoiy muammolar aks ettirilgan boʻlib, oʻqituvchilar va oʻquvchilar hayoti haqida hikoya qilinadi. Shuningdek, kartina voqealarida turli xarakterdagi oʻqituvchilarning kasbiy faoliyatidagi ziddiyatlar va keskin tasodifiy vaziyatlar oʻrin olgan.
«Maktab–hayotim» kinokartinasida rollarni Ravshan Joʻrayev, Tamara Mirmaqsudova, Abdulaziz Rashidxoʻjayev, Abror Yoʻldoshev, Behzod Hamroyev va boshqalar ijro etishgan. Ssenariy muallifi Nurillo Abbosxon, postanovkachi rejissyor Ilhom Muhammadibrohimov, operator Muzaffar Yusupov, badiiy rahbar Rashid Malikov, prodyuser Qudratilla Fayzullayev.
Namoyishdan soʻng, film muhokamasi boʻlib oʻtdi. Unda mutaxassislar va kinoijodkorlar tomonidan yutuq va kamchiliklar aytib oʻtildi. Tez kunda filmning katta premyerasi boʻlib oʻtadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring