Maktab bitiruvchilarga attestatning elektron shakli 15-iyunga qadar yetkaziladi
Hududiy taʼlim boshqarmalari joriy yiling 5-iyuniga qadar bitiruvchilarga attestat (shahodatnoma va sertifikat) blankalariga qoʻyiladigan yakuniy baholarni attestat.uzedu.uz elektron tizimiga kiritishi hamda belgilangan tartibda rasmiylashtirishi lozim.
Boshqarmalar joriy yilning 15-iyuniga qadar chop etilgan attestat (shahodatnoma)larni elektron shaklda (skaner) bitiruvchilarga yetkazadi.
Tayyorlangan attestat (shahodatnoma)lar, oltin va kumush medallar hududda epidemiologik vaziyat yaxshilanib, oʻquvchilarga topshirilgunga qadar barcha xavfsizlik choralarini koʻrgan holda umumiy oʻrta taʼlim muassasasida saqlab turiladi.
Karantin cheklovlari olib tashlanganidan soʻng attestat (shahodatnoma)lar, oltin va kumush medallar oʻz egalariga topshiriladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring