Maykl Pompeo: Oʻzbekiston mintaqaga namuna boʻlmoqda
AQSH davlat kotibi Oʻzbekistonning majburiy mehnatga qarshi olib borayotgan saʼy-harakatlarini yuksak baholadi.
AQSH davlat kotibi Maykl Pompeo odam savdosi boʻyicha yillik maʼruzasini taqdim etdi.
Maʼruzada taʼkidlanishicha, Markaziy Osiyoning ayrim mamlakatlari paxta sanoatida va boshqa sohalarda odamlarni majburan ishlatish boʻyicha uzoq tarixga ega.
Shu bilan birga muallif mazkur muammoga qarshi kurashda butun mintaqaga namuna boʻlayotgan Oʻzbekistonning saʼy-harakatlarini yuksak baholadi.
«Biz odam savdosiga juda jiddiy qaraymiz va unga qarshi kurashni davlat darajasida qoʻllab-quvvatlaymiz. Bu illatga barham berish har qanday davlat oldida turgan asosiy vazifalardan biridir: huquqni bostirish emas, himoya qilish lozim. Qoʻshma Shtatlar haliyam qullikda boʻlib turganlarni ozod etish yoʻlidagi harakatni davom ettiraveradi. Biz ozod etilganlar hayotini yoʻlga qoʻyish uchun koʻmaklashamiz, ularni qiynoqqa solganlarni jazolaymiz», – deya taʼkidladi u.
Maʼruza mamlakat va hududlarni AQSHning - Trafficking Victims Protection Act (TVPA) milliy qonunchiligini eksterritorial qoʻllashga asoslangan uch toifa boʻyicha qamrab olgan.
Birinchi toifadan Vashingtonning fikricha, noqonuniy odam savdosiga qarshi faol kurash olib borayotgan mamlakatlar oʻrin olgan. Ikkinchiga esa TVPAda aks etgan standartlarga toʻliq javob bermaydigan, lekin zaruriy saʼy-harakatlarni amalga oshirayotgan davlatlar kiradi. Uchinchi toifa “TVPA standartlariga toʻliq javob bermaydi”gan hamda saʼy-harakatlari vaziyatni toʻgʻrilashga qaratilmagan mamlakatlardan iborat.
OʻzA
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring