Mahsulotning 95 foizi eksport qilinmoqda

11:20 11 Yanvar 2022 Jamiyat
1010 0

Foto: Халқ сўзи

Buxoro viloyati Vobkent tumanidagi “Kumushkent ipagi” masʼuliyati cheklangan jamiyati pilla xom ashyosini qayta ishlash borasida boy tajribaga ega korxonalardan sanaladi.

— Bizda xom ashyo hozircha ikki bosqichda qayta ishlanyapti, — deydi korxona ish yurituvchisi J. Hojiyev. — Mahsulotning 95 foizini xorijga eksport qilayapmiz.2021-yilda chet ellik buyurtmachilarimizga 1,2 million AQSH dollari miqdoridagi mahsulotni yetkazib berdik. “Temir daftar”, “Ayollar daftari”ga kirgan xotin-qizlarni ishga qabul qilib, ular uchun daromad manbai yaratib beryapmiz. Korxonani xom ashyo bilan taʼminlashda esa ipak qurtini 2-3 mavsum davomida boqish yoʻlga qoʻyilgani qoʻl kelayotir.

Taʼkidlash joizki, “Kumushkent ipagi”da 125 ta doimiy ish oʻrni yaratilgan. Korxona har yili besh ming nafarga yaqin kishini mavsumiy ishlarga jalb etadi.

Istam IBROHIMOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер