Mahkum qonunni qanday buzdi?!

20:47 20 Fevral 2019 Jamiyat
1318 0

Illyustrativ foto

“Xalq soʻzi ONLINE”. Tolibjon Ergashev/Jizzax. Gʻallaorol tumanida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 noyabrdagi “Jinoyat-ijroiya qonunchiligini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Tadbirda viloyat ichki ishlar organlari mutasaddilari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillari, mahalla va fuqarolar yigʻinlari raislari hamda masʼul xodimlari, keng jamoatchilik vakillari, Baxmal va Gʻallaorol tumanlarida yashovchi ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazolarni oʻtayotgan yuzdan ortiq mahkumlar qatnashdi.

Yigʻilishda jazoni oʻtayotgan fuqarolar bandligini taʼminlashda davlat hamda jamoat tashkilotlari bilan samarali hamkorlik qilinayotgani, mahkumlarga psixologik yordam koʻrsatilayotgani aytib oʻtildi. Jazoni oʻtayotganlar sud belgilagan cheklovlar va qonun talablariga qatʼiy boʻysunishi lozimligi uqtirildi.

Tadbir doirasida sayyor sud ham oʻtkazildi. Unda jinoyat ishlari boʻyicha Gʻallaorol tumani sudi tomonidan Baxmal tumanidan 19 nafar, Gʻallaorol tumanidan 9 nafar ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazolarni oʻtayotgan mahkum muddatidan oldin javobgarlikdan ozod etildi.

Shuningdek, qonunda belgilangan talablar asosida ozodlikda jazoni oʻtashda qonunbuzilishlarga yoʻl qoʻyganligi aniqlangan va ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazoni oʻtash talab hamda tartiblariga rioya etmagan Inomjon Abdullayev va Bekzod Rustamovga qamoq jazosi tayinlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер