Mahalliylashtiriladigan farmatsevtika mahsulotlarini kafolatli xarid qilish muddati uzaytirildi
Prezident Farmoni (PF-168, 12.10.2023-y.) bilan “2022–2026-yillarda respublikaning farmatsevtika tarmogʻini jadal rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmonga oʻzgartirish kiritildi.
Unga koʻra, 2024-yil 1-yanvardan farmatsevtika mahsulotlari xaridlariga ajratilishi rejalashtirilgan Davlat byudjeti mablagʻlari miqdori doirasida mahalliylashtiriladigan farmatsevtika mahsulotlarini ijobiy klinik sinovlar natijalari, davlat roʻyxatidan oʻtkazish hamda sertifikatlash jarayonlari asosida 10 yilgacha boʻlgan muddatga shartnoma tuzish orqali kafolatli xarid qilish mexanizmi joriy etiladi. (Ilgari 3 yil edi)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring