Mahalliy kengashlarda ham kotibiyatlar tashkil etiladi. Ularning zimmasiga qanday vazifalar yuklatiladi?
“Xalq deputatlari Kengashlari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi (OʻRQ-636-son, 14.09.2020-y.). Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
Qonun bilan “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunga kiritilgan oʻzgartishga koʻra, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi faoliyatiga tashkiliy-texnikaviy va boshqa jihatlardan xizmat koʻrsatish vazifasi hokimliklar apparatidan tegishli xalq deputatlari Kengashi kotibiyati zimmasiga oʻtkazildi.
Kotibiyatlar yuridik shaxs hisoblanadi va ularning faoliyati tegishli mahalliy byudjet hisobidan moliyalashtiriladi.
Kotibiyat tuzilmasi, shtatlar, xodimlarning mehnat haqi miqdori va moddiy-texnika taʼminoti, shuningdek ularni saqlash xarajatlari tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring