“Mahalla” jamoat fondi tomonidan oʻtgan 6 oyda ehtiyojmand aholi qatlamiga 2 milliard soʻmdan ziyod xayriya yordami koʻrsatildi
Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Fond axborot xizmati rahbari Hasan Salomov maʼlum qildi.
Shuningdek, Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi hisobidan oʻtgan 6 oy davomida ehtiyojmand aholini moddiy qoʻllab-quvvatlash, “temir daftar” va “ayollar daftari”ga kirgan fuqarolarimizga 100 milliard soʻmga yaqin moddiy yordam ajratildi.
Oʻtgan yarim yilda fond mablagʻlari hisobidan 248 ta fuqarolar yigʻiniga 1 milliard 238 million soʻmlik kompyuter texnikalari olib berildi. 258 ta mahalla idorasiga esa 1 milliard 547 million soʻmlik mebel jihozlari olib berildi.
Mustaqillikning 31 yilligi oldidan Buxoro, Navoiy, Namangan, Fargʻona, Xorazm viloyatlaridagi fuqarolar yigʻinlariga mebel va kompyuter jihozlari topshirildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring