Mahalla oʻzining muammosini mustaqil hal etishi uchun “Mahalla byudjeti” tizimi joriy etiladi

12:22 20 Dekabr 2022 Siyosat
1031 0

Foto: president.uz

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va Oʻzbekiston xalqiga Murojaatnomasi boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Mahalla – tinchlik va osoyishtalik poydevori, ahillik va hamjihatlik, maʼrifat va tarbiya qoʻrgʻonidir.

Shuning uchun ham bundan buyon davlat investitsiya dasturlari mahalla darajasiga tushiriladi, dedi Prezident.

Avvalambor, 2023-yilda aholi tomonidan taklif berilgan suv, elektr, yoʻl, maktab kabi loyihalar uchun qariyb 3 barobar koʻp, yaʼni 8 trillion soʻm yoʻnaltiriladi.

Har bir mahalla oʻzining kutubxonasi, sport maydonchasiga ega boʻlishi zarurligi taʼkidlandi.

Mahalla oʻzining muammosini mustaqil hal etishi uchun “Mahalla byudjeti” tizimi joriy etiladi. Buning uchun 1-yanvardan boshlab, mol-mulk va yer soliqlarining bir qismi mahallaning oʻzida qoladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер