“Mahalla yettiligi”ning vazifalari belgilandi
Yigʻilishda “mahalla yettiligi”ning vazifalarini aniq belgilash lozimligi qayd etildi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Misol uchun:
- mahalla raisi ehtiyojmand oilalarga uy-joyini yaxshilashga koʻmaklashish;
- hokim yordamchisi ishsizlarga ish topishga koʻmaklashish;
- yoshlar yetakchisi yoshlarni sport, musiqa va toʻgaraklarga jalb etish;
- xotin-qizlar faoli ayollarni tadbirkorlik, kasanachilik, hunarmandchilikka jalb qilish;
- soliq xodimi mahalladagi imkoniyatlarni ishga solib, soliq bazasini kengaytirish, tadbirkorlik faoliyatini qonuniylashtirishga hamda oʻzini oʻzi band qilganlarga kichik biznes toifasiga oʻtishga koʻmaklashish;
- ijtimoiy xodim yolgʻiz keksa, nogiron va boshqa muhtojlarga ijtimoiy xizmat koʻrsatish kabi aniq vazifalar bilan shugʻullanishi lozim.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring