Mahalla aralashuvisiz ijtimoiy nafaqalarni tayinlash tizimi ishga tushiriladi
Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy himoya yagona reyestri axborot tizimi orqali kam taʼminlangan oilalarni aniqlash va ularga ijtimoiy nafaqalar tayinlash boʻyicha elektron koʻrinishda ariza berishni joriy etish toʻgʻrisida”gi qaror loyihasiga binoan:
Fuqaroning xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotganligini toʻgʻrisida maʼlumotlarni “Elektron hukumat” axborot tizimidan fuqaroning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqib ketganligi va Oʻzbekiston Respublikasiga qaytganligi qayd etilgan maʼlumotlarga asosan elektron shaklda aniqlanadi.
Bu orqali maʼlumotlarni soxtalashtirish yoki mahalla raislari tomonidan bilib-bilmasdan notoʻgʻri maʼlumot berish holatlariga barham beriladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring