Magistratura mutaxassisliklari boʻyicha Prezident stipendiyasi gʻoliblari tasdiqlandi
Magistratura mutaxassisliklari boʻyicha Prezident stipendiyasi gʻoliblari rasman tasdiqlandi. Bu haqida Taʼlim nazorati Telegram-kanali xabar berdi.
Unda aytilishicha, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Hayʼat qarori bilan 2025-2026 oʻquv yili uchun oliy taʼlim muassasalari magistratura bosqichining 22 nafar talabasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi tanlovi gʻolibi sifatida tasdiqlangani.
Shuningdek, tanlovda ishtirok etib, sovrindor boʻlmagan talabalar ham tegishli oliy taʼlim muassasasi (rektor/direktor) tomonidan ragʻbatlantiriladi.
Jumladan:
- Prezident davlat stipendiyasi tanlovida ishtirok etib, tanlovning suhbat bosqichiga tavsiya etilgan ammo sovrindor boʻla olmagan talabgorlarga bazaviy stipendiya miqdorining 5 baravari;
- Prezident davlat stipendiyasi tanlovida ishtirok etib, tanlovning suhbat bosqichiga tavsiya etilmagan talabgorlari esa, bazaviy stipendiya miqdorining 3 baravari miqdoridagi bir martalik pul mablagʻi bilan mukofotlanadi.
Prezident davlat stipendiyasi gʻoliblari roʻyxati bilan quyida tanishishingiz mumkin:


Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring