MAGATE Oʻzbekistonga test-tizimlari va komplektli uskunalarni yetkazib beradi
Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi va Sogʻlikni saqlash vazirligi ishtirokida Atom energiyasi boʻyicha xalqaro agentlik (MAGATE) hamda Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasidagi texnik hamkorlik dasturi doirasida MAGATE rahbariyati tomonidan Virusologiya ilmiy-tadqiqot institutiga tashxis qoʻyuvchi test-tizimlar komplektli uskunalari yetkazib beriladi.
Komplektlar oʻz ichiga COVID-19 koronavirus infeksiyasini aniqlashda yangi RT-PCR – real vaqtdagi polimeraz zanjir reaksiyasi (PSR) metodini qoʻllovchi reagentlar, test materialini qabul qilish, roʻyxatdan oʻtkazish va birlamchi ishlov berish, virus DNK/RNKni ajratib olish, reaksion aralashmani tayyorlash va PSR oʻtkazish, PSR natijalarini aniqlash va materiallarni dezinfeksiya qilish uskunasini jamlagan.
Yetkazib berilayotgan usukna va test-tizimlarning umumiy bahosi qariyb 70 ming yevroni tashkil qiladi. Uskunalarning Oʻzbekistonga yetib kelishi may oyining boshida kutilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring