ʻMaftunkor ranglar jilosi-2023ʻ tanlovi gʻoliblari aniqlandi

10:07 28 Oktyabr 2023 Jamiyat
306 0

Adliya vazirligining “Biz birgamiz!” ijtimoiy loyihasi doirasida 7 yoshdan 17 yoshgacha nogironligi boʻlgan iqtidorli yoshlar oʻrtasida “Maftunkor ranglar jilosi-2023” respublika koʻrik tanlovi boʻlib oʻtdi.

Mazkur tadbir Adliya vazirligi Oʻzbekiston nogironlar jamiyati bilan hamkorlikda nogironligi boʻlgan shaxslarni birlashtirish hamda nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini yanada qoʻllab-quvvatlash boʻyicha 2018-yildan boshlab “Biz birgamiz!” ijtimoiy loyiha doirasida amalga oshirildi.

Ushbu tanlovda hududlarda oʻtkazilgan tanlovlarda gʻolib boʻlgan nogironligi boʻlgan bolalarning rassomlik va shaxmat sport turi borasidagi mahoratlari yana bir bor sinovdan oʻtkazildi. Unda respublikaning 14 hududidan jami 28 nafar ishtirokchi qatnashdi.

Tanlov doirasida nogironligi boʻlgan bolalar tomonidan yaratilgan sanʼat asarlarining koʻrgazmasi ham tashkil qilindi.

Koʻrik tanlovning asosiy maqsadi rasm chizish va sportning shaxmat turi boʻyicha 7 yoshdan 17 yoshgacha boʻlgan iqtidorli yoshlarni saralash va ularni ragʻbatlantirish.

Maʼlumot uchun: Tadbir 2018-2022-yillar davomida 4-marta oʻtkazildi. Mazkur tadbir 2018-2022-yillar davomida respublika boʻyicha jami 5000 ga yaqin yoshlar qamrab olindi.

Boʻlib oʻtgan tanlovning rasm chizish turi boʻyicha gʻoliblar:

1- oʻrin Xurliman Saparniyazova (Qoraqalpogʻiston Respublikasi);

2- oʻrin Abdushukurov Muxammadsodiq (Toshkent shahri);

3-oʻrin Umarova Oybarchin (Surxondaryo).

Tanlovning shaxmat turi boʻyicha gʻoliblar:

1-oʻrin Normuminov Uralbek (Surxondaryo);

2-oʻrin . Ismoilov Azizbek (Xorazm);

3-oʻrin Axmedov Muxammadyusuf (Namangan).

Tanlov ishtirokchilarining barchasi qimmatbaho sovgʻalar, medal va faxriy yorliq bilan taqdirlandi.

Bundan tashqari, adliya vazirligi tomonidan eʼlon qilingan “Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi doirasida adliya vazirligi hamda “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti hodimlari tomonidan sayyor qabul oʻtkazildi. Sayyor qabul davomida nogironligi boʻlgan shaxslarning qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlardan xabardorligini taʼminlash maqsadida bukletlar tarqatildi, shuningdek, ularni qiziqtirgan huquqiy masalalar yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер