Madaniyat vaziriga oʻrinbosarlar tayinlandi
Madaniyat vazirligida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari Odil Abdurahmonov hamda madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov boshchiligida yigʻilish oʻtkazildi. Unda tashkiliy masala koʻrilib, jamoaga madaniyat vazirining yangi tayinlangan oʻrinbosarlari tanishtirildi.
Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-sentyabrdagi qaroriga muvofiq Baxodir Madjidovich Axmedov madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.
U mazkur tayinlovga qadar madaniyat vazirining oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 30-oktyabrdagi qaroriga asosan Avazxon Baxadirovich Tadjixanov madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar Adliya vazirligi “Konvension markaz majmuasi direksiyasi” DUK direktori lavozimida faoliyat yuritgan.
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-sentyabrdagi qaroriga muvofiq Yusufjon Kamoldinovich Usmonov madaniyat vazirining oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.
Mazkur tayinlovga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining Iqtisodiyot, davlat investitsiya dasturlari va jamoat tashkilotlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash xarajatlarini audit qilish shoʻbasi bosh inspektori lavozimida faoliyat yuritgan.
Yigʻilishda soʻz olganlar yangi tayinlangan vazir oʻrinbosarlariga masʼuliyatli faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyat tiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring