Madaniyat oʻlmas ekan – millat ham yashaydi!
15-aprel — “Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va sanʼat xodimlari kuni” munosabati bilan vazir Ozodbek Nazarbekov boshchiligida sohaning “Madaniyat oʻlmasin...” nomli ilk madhiyasi yaratildi.
Madaniyat oʻlmasin...
Shou boʻlsa shou, biznes boʻlsa biznes.
Faqat bitta iltimos, adabiyot oʻlmasin.
Muammolarda, muomalalarda, yaxshi gapiring faqat.
Muhabbat oʻlmasin!
Ahamiyat oʻlmasin, jamiyat oʻlmasin.
Odam orasida madaniyat oʻlmasin.
Inson bolasida Hurriyat oʻlmasin,
Ofiyat oʻlmasin, samimiyat oʻlmasin.
Madaniyat oʻlmasin, hurriyat oʻlmasin,
Qoʻshiq, nolasida sheʼriyat oʻlmasin.
Oʻynasin-oʻynasin, lazgiga oʻynasin,
Nomus-u-qadriyat ishqida oʻynasin.
Madaniyat oʻlmasin!
Gʻolib boʻlsa-gʻolib, magʻlub boʻlsa-magʻlub,
Sogʻlom boʻlsa mayliga raqobat oʻlmasin.
Hikoyalarda, risolalarda mardlar boʻlsin eʼtirof,
Adolat oʻlmasin!
Jasorat oʻlmasin, matonat oʻlmasin,
Inson yuragida diyonat oʻlmasin!
Salohiyat oʻlmasin (sadoqat oʻlmasin)
Saxovat oʻlmasin (fazilat oʻlmasin)
Maʼrifat oʻlmasin! Maʼnaviyat oʻlmasin!
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring