Luvr muzeyida Marko Poloning “Dunyoning rang-barangligi” nomli kitobi ilk bora keng jamoatchilik eʼtiboriga havola etilmoqda
Foto: Халқ сўзи
Luvr muzeyidagi “Oʻzbekiston vohalarining moʻjizalari. Karvon yoʻllari chorrahasida” nomli koʻrgazma eng noyob osori atiqalarni jamlagan boʻlib, ulardan ayrimlari ilk bora keng jamoatchilik eʼtiboriga havola etilmoqda.
Ana shunday eksponatlardan biri venetsiyalik savdogar va sayohatchi Marko Poloning XIII asr oxirida Osiyo boʻylab kezgan jahongashtaligi xususidagi XIV asrda chop etilgan “Dunyoning rang-barangligi” nomli kitobi nusxasidir. Hozirda kitob Fransiya Milliy kutubxonasida saqlanmoqda va koʻrgazma uchun maxsus taqdim etilgan.
Kitobda tasvirlangan Marko Poloning mashhur safari roppa-rosa 24 yil davom etgan boʻlib, bizgacha yetib kelgan tafsilotlar yevropalik kitobxonga ilgari nomaʼlum boʻlgan koʻplab mamlakat va hududlarning madaniyati va hayoti toʻgʻrisidagi eng ahamiyatga molik bilim manbaiga aylangan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring