“Lukoyl” neft kompaniyasi Toshkentda konsert dasturi tashkil etdi

15:57 18 Aprel 2018 Madaniyat
1736 0
Foto: Hakim Yo‘ldoshev "Xalq so‘zi".

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatrida P. Chaykovskiy nomidagi katta sinfonik orkestrining konserti bo‘lib o‘tdi.

Rossiyaning “Lukoyl” neft kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda san’at ixlosmandlari J. Verdining “Traviata”, J. Rossinining “Sevilyalik sartarosh”, Chaykovskiyning “Iolanta”, M. Glinkining “Ruslan va Lyudmila”, J. Bizening “Marvarid izlovchilar” va boshqa durdona asarlardan bahramand bo‘ldilar.

Musiqiy asarlar ijrosiga taniqli dirijyor Vladimir Fedoseyev rahbarlik qildi.

Dilshod KARIMOV.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер