“LockBit” Kanadadagi bolalar shifoxonasiga uyushtirilgan kiberhujum uchun uzr soʻradi
Foto: Arxiv surat
2022-yil 18-dekabr kuni Kanadadagi yirik bolalar shifoxonasidan biriga kiberhujum uyushtirilgan boʻlib uning oqibatida bir qancha shifoxona tizimlari ishdan chiqqan.
2022-yil 29-dekabr kuni “LockBit” xakerlar jamoasi holat yuzasidan uzr soʻrab ushbu holat uchun javobgar jamoadan chiqarib yuborilganligini maʼlum qilishgan.
“LockBit” — bu maʼlumotlarni bloklab uni ochish uchun foydalanuvchidan tovon talab qiluvchi zararli dasturiy taʼminot.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring