“Liverpul” oʻrtoqlik oʻyinida gʻalaba qozondi
Foto: Чемпионат.com
Kecha Angliyaning “Liverpul” klubi Ispaniya La Ligasi vakili “Atletik Bilbao” jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazdi. Uchrashuv “inglizlar”ning uy stadioni — “Enfild”da boʻlib oʻtdi.
Ushbu oʻyinda “mersisaydliklar” 3:2 hisobida gʻalaba qozondi. “Liverpul”dan gollarga Gakpo (2 ta) va Muhammad Saloh mualliflik qildi. 64-daqiqada Gakpo oʻyindagi uchinchi golini urdi. Faqat bu gal oʻz darvozasiga. “Atletik Bilbao”ning yana bir goli Oyan Sanset hisobiga yozildi.
Maʼlumot oʻrnida, “Liverpul” uchun yangi mavsum 10-avgustdan boshlanadi. Shu sanada Arne Slot boshchiligidagi jamoa Angliya Superkubogi uchun “Kristal Pelas” klubiga qarshi maydonga chiqadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring