“Liverpul” “Nyukasl”dan 120 mln yevroga hujumchi sotib olmoqchi
“Liverpul” klubi “Nyukasl” hujumchisi Aleksandr Isak uchun 120 million yevro taklif qildi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.
Manbalar “Nyukasl” bu taklifni rad etgani haqida yozmoqda, chunki “qora-oqlar” hali Isakning oʻrnini bosadigan futbolchi topmagan.
Shunga qaramay, shvetsiyalik 25 yoshli futbolchining oʻzi ham “Nyukasl” rahbariyatiga “mersasaydliklar” safiga qoʻshilishni istayayotganini qatʼiy bildirgan.
Maʼlumot uchun, Aleksandr Isak “Nyukasl”ga 2022-yilning yozida 70 million yevro evaziga “Real Sosyedad” klubidan kelib qoʻshilgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring