Livan poytaxti Bayrutda yuz bergan kuchli portlash oqtbatida qurbonlar va jabrlanganlar koʻp — OAV
Livan poytaxtida kuchli portlash yuz berdi. «Al Arabiya» telekanalining xabar berishicha, bir vaqtning oʻzida Bayrutda bir nechta portlashlar sodir boʻlgan va shunchalik kuchli ediki, shahardan 20 km uzoqlikda shovqin eshitildi. Portlash sababi hozircha nomaʼlum, ammo «Al Arabiya» portlash Bayrut portidagi ombor joylashgan joyda sodir boʻlganligini maʼlum qilgan.
Ushbu maʼlumotni “Reuters” axborot agentligi ham oʻz manbalari orqali tasdiqlalamoqda.
Livanning “MTV” telekanaliga koʻra, dastlabki dalillar portlash terrorchilik xurujidan kelib chiqmagan. Shu bilan birga, telekanali portlash katta zarar yetkazganini hamda koʻplab qurbonlar borligini maʼlum qilngan.
"Reuters" esa Livan sogʻliqni saqlash vazirligi rahbari Hamad Xasanga tayanib qurbonlar sonining koʻpligi haqida xabar bermoqda.
“Arab News” portali guvohlarning soʻzlariga koʻra, portlash joyiga yaqin hududda katta miqyosdagi vayronagarchiliklar yuz bergani, portdan bir necha mil uzoqlikda joylashgan uylarning derazalaridagi oynalarga darz ketgan.
“LBC” telekanalining xabar berishicha, hatto yaqin atrofdagi avtomagistraldagi mashinalarga zarar koʻrgan.Байрут
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring