Limon eksporti kamaygan
Foto: Illustrativ surat
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2022-yilning yanvar-sentyabr oylarida 7 ta xorijiy davlatlarga qiymati 3,2 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 2,9 ming tonna limon eksport qilgan.
Limon eksporti oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 228 tonnaga kamaygan.
2022-yilning 9 oyida Oʻzbekiston eng koʻp limon eksport qilgan davlatlar:
Rossiya – 1,9 ming tonna;
Qozogʻiston – 677 tonna;
Qirgʻiz R. – 332 tonna.
Xorijga eng koʻp limon eksport qilgan hududlar:
Fargʻona viloyati – 1,2 ming tonna;
Xorazm viloyati – 511 tonna;
Toshkent viloyati – 411 tonna;
Namangan viloyati – 246 tonna.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring