Limon eksporti 968 tonnaga oshgan
Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2023-yilning yanvar-iyun oylarida 7 ta xorijiy davlatlarga qiymati 2,9 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 3,5 ming tonna limon eksport qilgan.
Limon eksporti 2022-yilning mos davri bilan solishtirilganda 968 tonnaga oshgan.
2023-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston eng koʻp limon eksport qilgan davlatlar:
— Rossiya – 2,7 ming tonna
— Qirgʻiz R. – 388 tonna
— Qozogʻiston – 357 tonna.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring