Laziz Kudratov Italiyaning Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Agostino Pinna bilan uchrashuvdi

11:02 29 Dekabr 2023 Jamiyat
981 0

Joriy yilning 28-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Italiyaning Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Agostino Pinna bilan uchrashdi.

Tomonlar joriy hamkorlikning dolzarb masalalarini hamda ikki mamlakat oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy munosabatlarni yanada kengaytirish istiqbollarini muhokama qildilar.

Italiya biznesining Oʻzbekistonga boʻlgan qiziqishi taʼkidlandi – soʻnggi yillarda respublikada Italiya kapitali ishtirokidagi korxonalar soni sezilarli darajada oshdi, energetika, metallurgiya, kimyo sanoati, mashinasozlik, toʻqimachilik sanoati kabi yangi yoʻnalishlarda aloqalar oʻrnatildi.

Italiya kompaniyalarini Oʻzbekistonda qoʻshma loyihalarni amalga oshirishga jalb qilish maqsadida birgalikda ish olib borishning mexanizmlari koʻrib chiqildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер