Langarlik bolajonlarga bayram sovgʻasi

19:57 15 Dekabr 2022 Jamiyat
760 0

Foto: Xalq so‘zi

Fargʻona viloyati Qoʻshtepa tumani “Langar” mahalla fuqarolar yigʻinida joylashgan 8-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti “Obod qishloq” davlat dasturi doirasida mukammal taʼmirdan chiqarildi.

Taʼkidlash oʻrinliki, 180 oʻringa moʻljallangan ushbu muassasa 1984-yilda qurilgan boʻlib, 2021-yili hududdagi bolalarni maktabgacha taʼlim tashkilotiga qamrab olish maqsadida 90 oʻrinli mobil (konteyner) bogʻcha foydalanishga topshirilgan edi.

Joriy yilda esa “Obod qishloq” davlat dasturi doirasida «296-HIKMK” MCHJ tomonidan taʼlim tashkilotining 180 oʻrinli bino qismida toʻliq qurilish-taʼmirlash ishlari olib borildi. 1 milliard 921 million soʻm mablagʻ evaziga muassasa binosi mukammal taʼmirlandi, atrof devori qayta tiklanib, koʻrkam qiyofa kasb etdi. Yangi ayvonchalar qurilib, kanalizatsiya tarmoqlari yangilandi.

Yangi yil bayrami arafasida tantanali ravishda foydalanishga topshirilgan muassasada 270 nafar kichkintoy zamon talablari asosida taʼlim-tarbiya olishi uchun barcha sharoitlar yaratildi.

 

Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер