Kurash – gʻalabaga halol yoʻl!

14:50 16 Dekabr 2018 Sport
1610 0

Arxiv foto

Asrlar davomida mardlik, bagʻrikenglik, olijanoblik va halollikning timsoli sifatida eʼzozlanib kelingan kurash xalqimizning tarixiy merosi sifatida yangi davrga qadam qoʻydi.

Kurash tarixidagi unutilmas mavsumning soʻnggi musobaqasi – erkaklar va ayollar jamoalari oʻrtasidagi Oʻzbekiston kubogi polvonlarni gilamga chorlaydi.

Unda yurtimizning har bir hududi oʻzining eng sara kurashchilaridan iborat jamoalari bilan ishtirok etadi.

19 dekabr – Chirchiq shahrida Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti arenasida.

Faqat bir kun!

Toshkent viloyatida ilk bor Kurash boʻyicha jamoaviy Oʻzbekiston kubogi!

Mamlakatimizning eng kuchli kurashchilari bellashuvlarini oʻtkazib yubormang!

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер