Kunlar qachon isishi maʼlum qilindi
arxiv foto
Gidrometeorologi xizmati markazi hafta davomida Oʻzbekistonda kuzatilishi kutilayotgan ob-havo haqida maʼlumot berdi.
Unga koʻra, bugun, 13-aprelda ham kechagidek deyarli butun Oʻzbekiston hududi nisbatan iliq, ammo juda nam havo oqimlari taʼsirida boʻladi. Respublika hududining katta qismida yomgʻir, ayrim joylarga kuchli yomgʻir yogʻadi. Buxoro va Navoiy viloyatlarida yomgʻir faqat ertalab yogʻib oʻtdi, Qoraqalpogʻistonda va Xorazm viloyatida ob-havo yogʻingarchiliksiz boʻladi.
Ertaga, 14-aprelda ham Oʻzbekiston hududida ayrim joylarga yomgʻir yogʻadi, togʻoldi va togʻli hududlarda kuchli yomgʻir yogʻishi mumkin. Qorqalpogʻistonda, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida yogʻingarchilik kutilmaydi.
15-aprelda Fargʻona vodiysi viloyatlarida yomgʻir yogʻadi, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ayrim joylarga kuchsiz yomgʻir yogʻishi mumkin.
Respublika boʻylab baʼzi joylarda shu kunlarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin, kunduzgi harorat 13-18 daraja iliq atrofida boʻladi.
13-14-aprelda respublikaning togʻoldi tumanlarida sel kelishi xavfi bor.
Haftaning ikkinchi yarmida nam havo oqimi respublika hududini butunlay tark etadi. Mamlakatda ob-havo yogʻingarchiliksiz boʻladi. Havo harorati koʻtarila boshlaydi, va kunduzi 19-24 darajagacha yetadi, bu aprel oyi oʻrtasi uchun xos boʻlgan haroratdir.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring