Kulrang “Mercedes-Benz”ni qoraga boʻyab pullash rejasi chippakka chiqdi
Bojxona nazoratini turli nayranglar bilan chetlab oʻtishga boʻlgan urinishlarga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.
Davlat bojxona qoʻmitasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bosh boshqarmasi xodimlari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan 2010-yil 19-noyabrda 2156-son bilan roʻyxatdan oʻtgan “Bojxona chegarasida olib oʻtilayotgan avtotransport vositalarini bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom talablari ijrosi yuzasidan Toshkent shahri hududida tezkor tadbir oʻtkazishdi.
Tadbir davomida fuqaro U.B. qoʻshni davlat fuqarosi U.J. tomonidan majburiyatnoma asosida qaytarib olib chiqib ketish sharti bilan olib kirilgan, qiymati 300 million soʻmlik kulrang “Mercedes-Benz E 350” rusumli avtoulovni oʻzboshimchalik bilan rangini qora rangga oʻzgartirib, noqonuniy tarzda sotayotgan vaqtida qoʻlga olindi. Bu haqda DBQ xabar berdi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring