Kuchli taʼsir qiluvchi dorilarni sotish bilan shugʻullanuvchi guruh ushlandi

15:24 15 Dekabr 2022 Jamiyat
542 0

Foto: IIV Axborot xizmati

Psixotrop va kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyish, ularni yoshlar orasida tarqalishining oldini olish maqsadida Toshkent viloyati IIBB JQB xodimlari tomonidan navbatdagi tezkor tadbir oʻtkazilgan.

Tadbir davomida nazoratdagi 1991-y.t. A.K. (Chilonzor tumanida yashovchi) xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, u 11 dona «tropikamid», 42 dona «regapen» va 5 dona «selofen» kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini sotish maqsadida saqlayotganligi aniqlanib, ushlangan. Tadbir davom ettrilib, ushlangan shaxsni ushbu vositalar bilan taʼminlayotgan 1981-y.t. F.K. (Toshkent viloyatida yashovchi) yashash xonadonida 794 dona «regapen» 35, 178 dona «tropikamid» 180 va 74 dona «selofen» 25 kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini sotish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlanib, u ham daliliy ashyolar bilan qoʻlga olingan.

Shuningdek, koʻzdan kechirish davomida ushbu shaxs xonadonidan taxminan 5 gr “gashish” va 2 dona “koʻknor” (oʻsimlik boshogʻi) giyohvandlik vositalari hamda ularni isteʼmol qilish uchun qoʻlda yasalgan idish, “Tir” miltigʻi, 2 dona ratsiya, elektron tarozi va qoʻl bola yasalgan zanjir ham ham daliliy ashyo sifatida hujjatlashtirilib, olingan.

Maʼlumotga koʻra, ushbu shaxslar Toshkent shahri va viloyatida katta miqdorida kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini savdosi bilan shugʻullanib kelgan.

Hozirda ushlangan shaxslarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakati olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер