Kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini muomalaga kiritilishining oldi olindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Yashnobod tumani boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda Qorasuv koʻchasidagi xonadonda yashovchi M.B.ning uyida fuqaro O.A. (muqaddam sudlangan) jami 392 dona “Regapin” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini oʻtkazish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shu kabi, Departamentning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda “N.F.” MCHJga qarashli dorixona sotuvchisi X.A. xaridorga hech qanday hujjatsiz jami 100 dona “Zardeks” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini sotgan vaqtida ushlanib, ushbu dorixonadan yana 60 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasi ashyoviy dalil sifatida olingan.
Departamentning Uchtepa tuman boʻlimi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda esa, “Q.Ph. MCHJga qarashli dorixona norasmiy sotuvchisi Sh.Z. fuqaro G.L.ga jami 50 dona “Reduksin” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini shifokor retseptisiz sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring